Samarqandda 2 o‘quvchi hovuzda cho‘kib, halok bo‘ldi
Olam
−
27 may 7052 1 daqiqa
Joriy yilning 24 may kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanidagi 6-sonli maktabning ikki nafar o‘quvchisi suvda cho‘kib, vafot etdi. Bu haqdagi ma’lumotni Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZʼga tasdiqladi.
Ma’lum qilinishicha, soat 15:30 da Paxtachi tumani Ichki ishlar bo‘limining navbatchilik qismiga 6-sonli maktabning ikki nafar 13 yoshli o‘quvchisi tumanning Sardoba mahallasida joylashgan “Nazarov Oqbo‘ta” fermer xo‘jalik yerlarini tomchilatib sug‘orish uchun mo‘ljallangan hovuzda cho‘kib vafot etgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Bildirilishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan Paxtachi tumani IIB va prokuratura tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida 14 yoshli bola cho‘milish uchun kanalga borib, cho‘kib ketgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi