Samarqandda havoga zaharli gaz tarqalishining oldi olindi

Jamiyat

image

Samarqand viloyatida xavfli hisoblangan o‘tkir hidli zaharli gaz havoga tarqalishi oldi olindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 4 iyun kuni taxminan soat 18:15 da Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli "Zarafshon" temir yo‘l bekatida yuk poyezdiga ulangan sisternadan xlorid kislotasining oqib tushayotganligi va undan inson uchun xavfli hisoblangan o‘tkir hidli zaharli gaz havoga tarqalayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi.

Mazkur xabarga ko‘ra, Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhi hodisa joyiga zudlik bilan yetib borgan. Qutqaruvchilar tomonidan maxsus texnikalar yordamida ko‘rilgan tezkor choralar natijasida vaziyat to‘liq nazoratga olinib, soat 19:15 lar atrofida kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda bilan bog‘liq kimyoviy xavf bartaraf etilgan.

Avvalroq, vazirlik chigirtkalarga qarshi choralar ko‘rayotgani haqida xabar bergan edi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Favqulodda vaziyatlar vazirligi Zaharli gaz

Baholaganlar

73

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing