“Salimboyvachcha”ning o‘g‘li va ishchilari ham IIBBga olib ketilgan – manba

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkentda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish maqsadida o‘tkazilgan tadbirlar davomida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi Salim Abduvaliyev (“Salimboyvachcha”) huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik. Salim Abduvaliyevni uydan olib chiqib ketilgan kuni tintuv o‘tkazilib, uning xonadonidan qurollar bilan birga qimmatbaho soatlar ham olingan. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi ma’lum qildi.

“Salim Abduvaliyev uydan olib chiqib ketilgan kuni uyidan qurollar bilan birga qimmatbaho soatlar ham olingan. Boshqa hech narsa olinmagan”, deydi manba. 

Shuningdek, shu kunning o‘zida uning uyida bo‘lgan yaqinlari, ishchilari va o‘g‘li – jami 20 dan ortiq odam so‘roq qilish uchun Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga olib borilgan. 

So‘roqda ulardan qurol kimga tegishliligi so‘ralgan. Savol-javob tugagach, ular uylariga qo‘yib yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Toshkent shahrida kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilayotganini ma’lum qilgan edi. Tadbir davomida Salim Abduvaliyev Toshkentning Fayzobod dahasida joylashgan uyida qo‘lga olingandi. 

Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayevga ko‘ra, Salim Abduvaliyevning noqonuniy qurol saqlayotgani aniqlangan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi bilan ish qo‘zg‘atilgan va qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangan. Hozirda dastlabki tergov olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Salimboyvachcha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing