Saida Mirziyoyeva Toshkentni “qarichlab sotayotganlar“ kerak bo‘lsa qamalishini aytdi
Jamiyat
−
31 iyul 5898 2 daqiqa
Toshkent shahridagi bolalar maydonchalari, umumiy foydalanishdagi hovlilar va yashil hududlarda noqonuniy qurilgan ob’ektlar to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkaziladi. Qonunbuzarlik holatlari aniqlansa, aybdorlar, zarur bo‘lsa, ozodlikdan mahrum etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram–kanalida ma’lum qildi.
.jpg)
Saida Mirziyoyeva Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi “Lolazor“ mahallasida bo‘lib, mahalla ahli ekkan daraxtlar kesib tashlangani va bolalar maydonchasi o‘rnida biznes markazi qurilishi rejalashtirilayotganiga guvoh bo‘lganini qayd etgan.

“Odamlar dod deganicha bor – qurilishlar tufayli poytaxtdagi umumiy hovlilar, o‘yin va sport maydonchalari tag-tugi bilan yo‘q qilib yuborilyapti“, degan Administratsiya rahbari.
Saida Mirziyoyeva aholi foydalanishi uchun ajratilgan shahar hududlari ofis yoki turar joy binolari qurish uchun emas, o‘z vazifasiga xizmat qilishi lozimligini ta’kidlagan.
_png%20(2)(4).jpg)
Shu munosabat bilan Bosh prokuraturaga Toshkent shahri bo‘yicha bunday ob’ektlarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish topshirilgan.
.jpg)
Qayd etilishicha, tekshiruv davomida qurilish uchun berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi, shaharsozlik me’yorlariga rioya etilgani hamda aholi huquqlari qay darajada ta’minlangani o‘rganiladi.
“Agar qonunbuzarlik holatlari aniqlansa, mas’ul shaxslarga nisbatan murosasiz jazo choralari ko‘riladi, aybdorlar, kerak bo‘lsa, hatto ozodlikdan mahrum etiladi“, deya yozgan Saida Mirziyoyeva.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkent shahridagi muhim ob’ektlarni ko‘zdan kechirib, yashil hududlar yetishmayotganini ta’kidlagan edi. Saida Mirziyoyeva poytaxtda yangi istirohat bog‘larini barpo etish, mavjud bog‘ va jamoat joylarini kengaytirish hamda ularni aholi uchun qulay maskanlarga aylantirish ustuvor vazifalardan biri ekanini bildirgandi.
Live
Barchasi