Saida Mirziyoyeva ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabrikladi
Jamiyat
−
27 iyun 2025 3973 1 daqiqa
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bugun, 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillarini tabrikladi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
“O‘zbekistonning eng muhim yutuqlaridan biri bu erkin va professional matbuot. Men har biringizga ustuvor qadriyatlarga sodiqligingiz va obunachi o‘quvchilaringiz oldida javobgarligingiz uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman”, deyiladi Administratsiya rahbari tabrigida.
Shuningdek, Mirziyoyeva o‘z tabrigida O‘zbekistondagi ijobiy o‘zgarishlar jurnalistlar mehnatining natijasi ekanligini ta’kidlagan.
“O‘zbekistonning yuksak mukofotlariga sazovor bo‘lgan barcha jurnalistlarni tabriklayman – mamlakatimizdagi ko‘pgina ijobiy o‘zgarishlar aynan sizning mehnatingiz tufayli amalga oshmoqda”, deyiladi tabrikda.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbekistonning yangilanayotgan matbuotida, teleradiokanallar, internet nashrlari, nashriyot va matbaa korxonalarida, axborot xizmatlari va platformalarida o‘z burchini sidqidildan ado etib kelayotgan jurnalistlar, faxriylarni, barcha ijodiy va texnik xodimlarni bugungi kasb bayrami bilan tabriklagandi.
Dilshod Hakimov
Live
Barchasi