Rossiyada o‘tkazilgan reydda ozarbayjonliklar halok bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 27 iyun kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida Federal xavfsizlik xizmati tomonidan ozarbayjonliklar yashaydigan manzillarda o‘tkazilgan reydlar oqibatida Ozarbayjon Respublikasi fuqarolari vafot etdi. Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 27 iyun kuni ertalab Rossiya FXX tomonidan Yekaterinburgdagi ozarbayjonliklarga qarshi olib borilgan reydlar davomida 9 kishi hibsga olingan. Ma’lum qilinishicha, operatsiya davomida yaralangan va vafot etganlar bor.

“Yekaterinburgdagi ozarbayjonlar uylariga uyushtirilgan reyd оқибатида yurtdoshlarimiz halok bo‘lgani, ayrimlarining og‘ir tan jarohati olgani, 9 kishi hibsga olingani munosabati bilan chuqur tashvish bildiramiz”, deyiladi bayonotda.

Shuningdek, rasmiy Baku aybdorlarni tezroq topish va ularga chora ko‘rishni talab qilgan.

“Biz Rossiyadan ushbu ish bo‘yicha zudlik bilan tergov o‘tkazishini va ushbu nomaqbul zo‘ravonlik uchun javobgarlarni imkon qadar tezroq javobgarlikka tortishini kutamiz”, deyiladi Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nijniy Novgorodning yashirin joydan portlovchi qurilmalar o‘rnatilgan dronlarni olib chiqib, ularni mintaqaning neft-kimyo sanoati korxonalaridan biriga qarshi ishlatmoqchi bo‘lishda gumonlagan ikki markaziy osiyolik hibsga olish paytida otib o‘ldirilgan edi.

Dilshod Hakimov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ekaterinburg Ozarbayjon Rossiyada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing