Rossiyada qarovsiz qolgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi

Jamiyat

image

Kecha, 26 fevral kuni Rossiya Federatsiyasida ota-ona qaramog‘isiz qolgan ikki nafar voyaga yetmagan bola Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva shahridagi Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markazi xodimlari ko‘magida O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, olib kelingan bolalarning biri ota-onasining ishonchnomasi asosida Rossiyaga ketgan. Ikkinchisi esa 2023 yildan beri mehnat migratsiyasida ekani, 9-sinf o‘quvchisi bo‘lganidayoq opasining turmush o‘rtog‘i bilan Moskvaga borib, dastlab farrosh, keyinchalik esa qahvaxonada idish-tovoq yuvuvchi sifatida ishlab yurgan.

Ikkala fuqaro ham politsiya tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markaziga yuborilgan.

“Shu o‘rinda: O‘zbekiston hududidan bolalarni kuzatib borish uchun berilgan ishonchnoma boshqa davlat hududida bolaning qonuniy vakili bo‘lish huquqini bermasligini eslatib o‘tamiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari ko‘magida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ota-ona qaramog‘isiz qolgan to‘rt nafar voyaga yetmagan bola uyga qaytarilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing