Rossiya, Ukraina va Belarus bilan ishlayotgan tadbirkorlar bag‘riga shamol tegadigan bo‘ldi. Yangi imtiyozlar berildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2022 yilning oxiriga qadar Rossiya, Ukraina va Belarus bilan ishlayotgan korxonalarga debitor qarzdorligi uchun jarima qo‘llanilmaydi. Bu haqda bugun, 31 mart kuni bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi. Davlat rahbari ayni davrda tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanishini aytdi. 

Unga ko‘ra, tashqi xavf-xatarlarni yumshatish maqsadida tadbirkorlarni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralari belgilab olindi.

Jumladan:

•    banklar tomonidan tadbirkorlarga xom ashyo sotib olish va aylanma mablag‘lar uchun qo‘shimcha 10 trillion so‘m “revolver” kreditlar ajratiladi. Ushbu mablag‘lar birinchi galda eksportchilar, oziq-ovqat va iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilarga ajratiladi;

•    davlat dasturlari doirasida meva-sabzavot yetishtirishga, oilaviy tadbirkorlik, ipoteka va ta’limga ajratiladigan kreditlar hajmi va imtiyozli stavkalari saqlab qolinadi.

•    soliq ma’murchiligi doirasida ombordagi tovarlarning hisobini, va kodlarini majburiy yuritish, mulklar hamda ijara shartnomalarini elektron ro‘yxatdan o‘tkazish kabi yangi mexanizmlar bo‘yicha jarima va boshqa ta’sir choralari yil yakuniga qadar qo‘llanilmaydi; 

•    o‘z ehtiyojlari uchun olib kelingan xom ashyo, asbob-uskuna, ehtiyot qismlarga bojxona imtiyozlarini qo‘llash davri hozirgi 6 oydan 1 yilgacha uzaytiriladi;

•    yil yakuniga qadar Rossiya, Ukraina va Belarus bilan ishlayotgan korxonalarga debitor qarzdorligi uchun jarima qo‘llanilmaydi;

•    ushbu mamlakatlar bilan ishlayotgan eksportchilarning bank kreditlari bo‘yicha qarzdorligi uzaytiriladi, penya va jarimalar undirilmaydi.

“Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, ajratiladigan mablag‘larni kamaytirmaymiz va yukini oshirmaymiz”, dedi Prezident


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

326

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing