Kelasi yili har bir viloyatda yagona migratsiya markazi oçiladi
Jamiyat
−
12:23 798 3 daqiqa
Kelasi yili Özbekistondagi har bir viloyatda yagona migratsiya markazi oçiladi. Bu haqda bugun, 2 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bağişlangan yiğilişda viloyat hokimlarining birinçi örinbosarlariga topşiriq berdi.
Qayd etilişiça, Yevropa Ittifoqi ilk bor Markaziy Osiyodan mutaxassislarni jalb etiş masalasini migratsiya strategiyasiga kiritgan. Prezident bu imkoniyatlardan foydalanişda elçi, hokim va texnikumlarning örni sezilmayotganini qayd etgan.
Masalan, Buyuk Britaniyada 33 ming işçi kuçiga ehtiyoj bor. Biroq hozirgaça uşbu mamlakatga asosan qişloq xöjaligidagi mavsumiy işlarga fuqarolar yuborilmoqda. Tibbiyot, logistika va sanoat sohalarida iş beruvçilar bilan aniq kelişuvlar yöqligi, “Yoşlar mobilligi” dasturida iştirok etiş masalasi hal etilmagani körsatib ötilgan. Italiya bilan ham mehnat migratsiyasi imkoniyatlarini kengaytiriş böyiça kelişuv bor, lekin bu imkoniyat işga solinmayapti.
Prezident çet tillarini biliş xorijda yuqori daromadli iş topişning asosiy şartlaridan biri ekaniga e’tibor qaratgan. Mamlakatda ingliz tilini puxta örganib, sertifikat olgan 200 mingga yaqin yoş bor. Şu bilan birga, AQŞ, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Şvetsiya va Daniyada ularning işlaşi uçun yöl oçiş böyiça işlar yetarli emas.
Germaniyadan joriy yilning özida 45 ming mutaxassisga buyurtma kelib tuşgan, ammo atigi 2 ming kişi işga joylaşgan. Asosiy sabab – nemis tilini biladigan kadrlar yetişmasligi. Şu bois, kasbga öqitiş bilan til tayyorgarligini birga olib boriş zarur.
Germaniyaning “Globogate” kompaniyasi bilan hamkorlikda respublikadagi 20 ta tibbiyot texnikumida yiliga 1,5 ming hamşira tayyorlanmoqda. Qarşidagi Ilğor kasbiy mahorat texnikumida germaniyalik öqituvçilar yoşlarga nemis tili va kasb örgatmoqda.
Prezident xorijlik iş beruvçilarning buyurtmalarini texnikumlardagi ta’lim bilan boğlaş, yoşlarni işga joylaşiş uçun zarur til va amaliy könikmalarga maqsadli tayyorlaş muhimligini ta’kidlagan.
Andijonda tadbirkor böş turgan texnikumni ta’mirlab, Germaniyadan öqituvçi jalb qilgan holda yiliga 1,5 ming mutaxassis tayyorlayapti. Prezident bunday tajribani boşqa hududlarda ham kengaytiriş, har bir viloyatdagi 2-3 ta texnikumda kasb bilan birga nemis tilini örgatiş zarurligini ta’kidlagan.
Germaniyaning “Telk” kompaniyasi “Intil” xalqaro öquv markazida 100 nafar nemis tili öqituvçisini tayyorlaşni boşlagan. Kelasi yil boşidan ularni hududlardagi texnikumlarga jalb qiliş vazifasi qöyilgan.
Yiğilişda viloyat hokimlarining birinçi örinbosarlariga “Intil” xalqaro öquv markazi tajribasini örganib, kelasi yili har bir hududda yagona migratsiya markazini oçiş topşirilgan. Bu maqsadda har bir viloyatga 8 milliard sömdan ajratiladi. Kelasi yil 10 ming kişini kasb va nemis tiliga örgatib, Germaniyada işga joylaştiriş belgilangan.
“Yoşlarga ingliz tilini qanday örgatayotgan bölsak, nemis tili böyiça ham şunday yondaşuv kerak”, deydi Prezident.
Şu maqsadda kelasi yil maktab va texnikumlarda nemis tilidan dars beriş uçun 500 nafar til egasi jalb qilinadi. Oliy ta’lim muassasalarida nemis tili öqituvçilarini tayyorlaş böyiça davlat buyurtmasini kelasi öquv yilidan ikki karra oşiriş topşirilgan.
Germaniya, Yaponiya va Koreyaning yirik kompaniyalari özlariga zarur mutaxassislarni Özbekiston texnikumlarida tayyorlaşga qiziqiş bildirmoqda. Ular öquv dasturlarini işlab çiqiş, ta’lim muassasalarini jihozlaşga sarmoya kiritişga ham tayyor. Prezident bir oyda 20 ta texnikumni tanlab, kelgusi yildan ularni xorijlik iş beruvçilar talabi asosida kadr tayyorlaşga moslaştirişni topşirgan.
Live
Barchasi01 Noyabr