Rossiya migrantlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni kuchaytirishi mumkin

Olam

image

Rossiyada ishlash uchun kelayotgan xorijliklarga nisbatan qo‘shimcha tibbiy talablarni joriy etish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Davlat Dumasining Mehnat qo‘mitasi raisi Yaroslav Nilov Telegram-kanalida yozib qoldirdi. 

Taklifga ko‘ra, hozirda amal qilayotgan tibbiy sug‘urtaga qo‘shimcha ravishda, migrantlar narkotik va psixotrop moddalar mavjud emasligini tasdiqlovchi test natijalarini, OIV (VICH), B va C gepatiti, sil (tuberkulyoz) hamda sifiliz yo‘qligi haqida yangilangan tibbiy ma’lumotnomani taqdim etishlari lozim bo‘ladi.

“Rossiyaga ishlash uchun kelayotgan chet elliklar bizning muammolarni hal qilishi kerak, o‘z muammolarini emas”, degan Nilov. 

Deputatning qo‘shimcha qilishicha, agar ko‘rsatilgan tibbiy hujjatlardan birortasi yetishmasa, migrantlar qaytarib yuboriladi. 
Ushbu qonunning boshqa tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Davlat Dumasida bu hafta migrantlar uchun yangi davlat bojlari joriy etishga oid qonun loyihalari ko‘rib chiqilishi haqida xabar berilgandi. Yangi tartibga ko‘ra, chet ellik fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga patent berish yoki uni qayta rasmiylashtirish uchun 4200 rubl, mehnat ruxsatnomasini uzaytirish uchun yana 4200 rubl, patent yoki ruxsatnoma nusxasini berish va unga o‘zgartirish kiritish uchun esa 2100 rubl boj to‘lashi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrantlar Yaroslav Nilov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing