Ronalduning sobiq ustozi Niderlandiyani boshqarishi mumkin

Sport

image

Niderlandiya Qirollik futbol assotsiatsiyasi (NFA) Portugaliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Roberto Martes bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda “De Telegraaf” nashri xabar berdi.  

2026 yilgi Jahon chempionatida Niderlandiya terma jamoasini boshqargan Ronald Kuman joriy yilning 1 iyul kuni jamoaning turnirdagi ishtiroki yakunlanganidan so‘ng iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Niderlandiya 1/8 finalda Marokashga qarshi bahsda asosiy vaqtda 1:1 hisobida durang o‘ynab, penaltilar seriyasida 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

NFA Piter Bos, Arne Slot va Erik ten Xag kabi mutaxassislar taklifni rad etganidan so‘ng bosh murabbiy qidirishni jadallashtirgan.

Martines iyul oyida shartnomasi muddati tugagani sababli Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. Yaqinda yakunlangan Jahon chempionatida Portugaliya 1/8 finalda bo‘lajak turnir g‘olibi Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, 53 yoshli Martines 2023 yildan beri Portugaliya terma jamoasini boshqarib kelgan va jamoani 2025 yilgi Millatlar ligasi g‘olibligiga olib borgan. U shuningdek, Angliyaning “Suonsi Siti”, “Uigan Atletik” va “Everton” klublari hamda Belgiya terma jamoasida bosh murabbiy bo‘lib ishlagan. Martines boshchiligida Belgiya 2018 yilgi Jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing