Ronaldu alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi?

Sport

image

Avvalroq, Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL) yarim finalida mag‘lub bo‘lgani xabar qilingandi.

“Al-Nasr”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu OCHL yarim finalida saudiyaliklarning mag‘lubiyatidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Ba’zida orzu ushalishini kutishga to‘g‘ri keladi. Men bu jamoa va maydonda qilgan ishlarimiz bilan faxrlanaman. Bizga ishongan va har qadamda qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga rahmat. Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz biz uchun katta narsani anglatadi”, deydi Ronaldu.

Shu tariqa, “An-Nasr” turnirni tark etdi. 3 may kuni Osiyo Chempionlar ligasi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.“Kavasaki Frontale” jamoasi “Al-Ahli”ga qarshi bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing