Rodri belidan operatsiya qilinadi
Sport
−
11:08 805 1 daqiqa
Ispaniya terma jamoasi va “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri belidan operatsiya qilinadi. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, hozircha futbolchining qachon maydonga qaytishi aniq emas. 30 yoshli Rodri 2019 yildan buyon “Manchester Siti” sharafini himoya qilib kelmoqda. U bunga qadar Ispaniyaning “Atletiko Madrid” va “Vilyarreal” klublarida ham faoliyat yuritgan.
Ispaniyalik yarim himoyachi “Manchester Siti” safida to‘rt marta Angliya Premer-ligasi, uch marta Angliya Liga kubogi, ikki marta Angliya kubogi, ikki marta UEFA Superkubogi, shuningdek, Chempionlar ligasi, Angliya Superkubogi hamda Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan.
Ispaniya terma jamoasi bilan esa u 2026 yilgi Jahon chempionati, 2024 yilgi Yevropa chempionati va 2023 yilgi Millatlar ligasida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.
Rodrining “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2026-2027 yilgi mavsum yakuniga qadar amal qiladi.
Live
Barchasi