RFda koronavirusga chalingan 500 ga yaqin tibbiyot xodimi qurbon bo‘lgan

Olam

image

Rossiyada 500 nafarga yaqin tibbiyot xodimi COVID-19 koronavirus infeksiyasidan vafot etdi. Bu haqda Rossiyaning Sog‘liqni saqlash sohasini nazorat qilish federal xizmati rahbari Alla Samoylova ma’lum qildi.

“489 – bu tibbiyot xodimlari, ya’ni biz, afsuski, 500 ga hamkasbimizni yo‘qotdik”, degan Samoylova Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan Butunrossiya onlayn-konferensiyasida.

Ma’lumot uchun, Rossiyada 561 091 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 7 660 nafari vafot etgan va 313 963 nafari sog‘aygan. Bugungacha RFda 15 991 697 ta koronavirus testi o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

266

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing