“Real” yana bir jiddiy yo‘qotishga uchradi

Sport

image

Madridning “Real” klubi himoyachisi David Alaba “Vilyarreal”ga qarshi Ispaniya chempionatining 17-tur uchrashuvida (4:1) jarohat oldi. Bu haqda “Real” klubi rasmiy sayti xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, tibbiy ko‘rikdan so‘ng avstriyalik futbolchining chap tizzasida jarohat aniqlangan. Futbolchi yaqin orada operatsiya qilinadi.

Bungacha “Real”ning ikki futbolchisi Alabaga qo‘yilgan tashxis bilan safdan chiqqandi. Darvozabon Tibo Kurtua va himoyachi Eder Militao shunday jarohat olgandi.

Ma’lumot uchun, avstriyalik himoyachi 2021 yilning yozida “Bavariya”dan erkin agent sifatida ispan klubiga o‘tgan edi. Joriy mavsumda u “Real Madrid” safida barcha musobaqalarda 16 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real David Alaba Vilyarreal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing