“Real”ning sobiq prezidenti koronavirusdan vafot etdi
Sport
−
23 mart 2020
7508Avvalroq, Madridning “Real” klubi sobiq Prezidenti Lorenso Sans koronavirusga chalingani va shu bois og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edik.
Ispaniyaning "Real" futbol klubi sobiq prezidenti Lorenso Sans 76 yoshida koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Marca” gazetasi xabar bermoqda.
Sans 1995 yildan 2000 yilgacha "Real" prezidenti sifatida faoliyat olib borgan. U prezidentlik qilgan yillar mobaynida jamoa ikki marta Chempionlar ligasi g‘olibiga aylangan.
Bundan tashqari, Sans Ispaniyaning "Malaga" klubiga ham egalik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Braziliyaning "Internasonal" futbol klubi prezidenti Marselo Medeyrosada ham koronavirus aniqlangan edi.