“Real” muxlislari Benzema bilan xayrlashishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Sport

image

“Real” klubining 35 yoshli fransiyalik hujumchisi Karim Benzema Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubidan mo‘maygina taklif oldi. Saudiya klubi unga mavsumiga 100 million yevro maosh to‘lashga tayyor. Benzema hali Saudiyaga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘lmagan, ammo Madrid klubi hujumchining ketish ehtimolini juda yuqori deb hisoblamoqda.

Benzema 4 iyun kungi o‘yin oldidan faoliyatini davom ettirish yoki yo‘qligi borasida bir qarorga kelishi kutilmoqda. La Liga 38-turi doirasida “Atletik” jamoasiga qarshi bahs hujumchining Madrid klubidagi so‘nggi o‘yini bo‘lishi mumkin. Iyun oyida futbolchining “Real” bilan shartnomasi tugaydi, uni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar haligacha o‘tkazilmagan.

Benzema 2009 yildan beri “Real”da o‘ynab kelmoqda. Fransiyalik futbolchi “qirollik klubi” safida 647 ta o‘yin o‘tkazib, 353 ta gol urdi va 165 ta golga assistentlik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Benzema

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing