“Al-Hilol” Benzema bilan kelishuvga erishdi – manba 

Sport

image

Fransiyalik hujumchi Karim Benzema Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubidan “Al-Hilol” safiga o‘tmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi bilan tuziladigan shartnoma 2027 yilga qadar amal qiladi. Benzemaning “Al-Ittihod” bilan amaldagi shartnomasi joriy yil yozida yakunlanadi. Tomonlar shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmagan. Xususan, klub tomonidan taklif etilgan maoshsiz o‘ynash va faqat imidj huquqlaridan daromad olish shartlari fransiyalik hujumchini qoniqtirmagan.

Shundan so‘ng, Benzema klubdagi vaziyatdan norozi bo‘lgan va ayrim o‘yinlarda ishtirok etishdan bosh tortgan. Shunga qaramay, Saudiya Arabistoni Professional ligasi rahbariyati yulduz futbolchini mamlakat chempionatida saqlab qolishga intilgan va bu jarayon uning “Al-Hilol”ga o‘tishiga zamin yaratgan.

Ma’lumot uchun, 38 yoshli Karim Benzema 2023 yilda “Al-Ittihod” safiga qo‘shilgan. U joriy mavsumda barcha musobaqalarda 21 ta uchrashuvda 16 ta gol urgan. O‘tgan mavsumda esa jamoasi bilan Saudiya Arabistoni chempionligini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Benzema “Al-Hilol”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing