“Real Madrid” himoyachisi bilan xayrlashishga tayyor

Sport

image

Nemis himoyachisi Antonio Ryudigerning “Real Madrid”dagi faoliyati yakuniga yetmoqda. Futbolchi 2026 yil iyun oyida shartnomasi muddati tugagach, klubni erkin agent sifatida tark etadi. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, madridliklar rahbariyati 32 yoshli nemis futbolchisining sog‘lig‘i va jismoniy holatidan xavotirda. Shuning uchun “qirollik klubi” shartnoma yakunida uni qo‘yib yuborishga tayyor. Shu bilan birga, klub himoyani yosh futbolchilar bilan kuchaytirish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan.

Ryudiger sentyabr oyidagi mashg‘ulotlardan birida chap oyog‘idan jarohat olib, hozircha uchrashuvlarda maydonga tushgani yo‘q. Ispaniya matbuotidagi xabarlarga ko‘ra, Ryudiger uch oygacha o‘yinlardan chetda qoladi va faqat dekabr oyida safga qaytishi mumkin.

Germaniya terma jamoasi futbolchisi 2022 yilda “Chelsi”dan “Real Madrid”ga erkin agent sifatida qo‘shilgan edi. U o‘tgan uch mavsum davomida klub bilan La Liga va Chempionlar ligasida muhim o‘yinlarda maydonga tushdi.

Ma’lumot uchun, Ryudiger hozirga qadar 15 mavsum davomida “Shtutgart”, “Roma”, “Chelsi” va “Real Madrid” safida to‘p surib, jami 400 dan ortiq rasmiy o‘yinda maydonga tushgan. Shu vaqt mobaynida 15 ta gol urgan, 4 ta golli uzatma amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Real Madrid Antonio Ryudiger

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing