“Real” himoyasi katta muammoga duch kelmoqda

Sport

image

Madridning “Real” klubining 32 yoshli avstriyalik himoyachisi David Alaba yangi jarohat oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Real Madrid” tibbiy xizmati tomonidan o‘tkazilgan testlardan so‘ng, David Alaba chap sonning qo‘shimcha mushaklaridan jarohat olgani aniqlandi. Klub futbolchining tekshiruvidan keyingi natijalarni kutmoqda”, deyiladi klub xabarida.

Ma’lumot uchun, himoyachi 2023 yilning 18 dekabr kuni xoch bo‘g‘imidan jarohat olgan edi. U umumiy guruhga bir yildan ko‘proq vaqt o‘tgach – 2024 yil 30 dekabrda qaytdi. Avstriyalik himoyachi David Alaba “Real”ga o‘tishdan oldin “Bavariya”da o‘ynagan. U Avstriya terma jamoasi uchun ham muhim futbolchi hisoblanadi.

Qayd etish joiz, hozirga kelib “Real”ning faqatgina ikki nafar nominal markaziy himoyachisi jarohat olmagan. Hozirda Raul Asensio va Xesus Valexoda jarohat yo‘q. Alabadan oldin Antonio Ryudiger jarohat olib, safdan chiqqandi. Braziliyalik Eder Militao ham tiklanish jarayonlarini boshdan o‘tkazmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Real David Alaba

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing