Rasman: O‘zbekiston “Tinchlik kengashi”ga qo‘shildi (video)
Jamiyat
−
22 yanvar 6823 2 daqiqa
Bugun, 22 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Davosda G‘azo “Tinchlik kengashi”ga qo‘shilish bo‘yicha hujjatni imzoladi. Hujjatni imzolash marosimi Oq uyning YouTube kanalida efirga uzatilmoqda.
Ayni damda Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Shveysariyada bo‘lib turibdi. Tashrif dasturiga muvofiq, Davos shahrida O‘zbekiston yetakchisi AQSH Prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilayotgan “Tinchlik kengashi” nizomini imzolash marosimida ishtirok etmoqda. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davosda “Tinchlik kengashi” ustavini imzolash marosimi bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan edi. Nizom loyihasiga ko‘ra, Tramp organning birinchi raisi bo‘ladi va yangi a’zolarni taklif qilish bo‘yicha qarorlarni shaxsan o‘zi qabul qiladi. Tashkilotning doimiy a’zosi maqomini olish uchun AQSH ma’muriyati davlatlardan birinchi yil davomida kamida 1 milliard AQSH dollari miqdorida badal to‘lashni talab qiladi.
“Bloomberg”ning qayd etishicha, bunday moliyaviy sharoit ko‘plab jahon yetakchilarini hayratda qoldirdi va keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi. Dastlab kengash G‘azo sektorini tiklashni nazorat qilish uchun tashkil etilgan bo‘lsa-da, Nizom matni BMTga muqobil bo‘lishi mumkin bo‘lgan tashabbusning kengroq va global ambitsiyalarini ko‘rsatadi. Ba’zi taklif qilingan tomonlar Tramp rais sifatida yangi tuzilma mablag‘lari ustidan yagona nazoratni qo‘lga kiritishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.
Live
Barchasi