Rasman: “Real” yarim himoyachisi klubni tark etadi
Sport
−
03 iyun 2023 9167 1 daqiqa
Ispaniyalik 27 yoshli yarim himoyachi Marko Asensio “Real Madrid”ni bu yozda erkin agent sifatida tark etadi. Bu haqda klub rasmiy sahifasi ma’lum qildi.
Hozirda yarim himoyachining qaysi klubga o‘tishi noma’lumligicha qolmoqda. Shu vaqtga qadar Asensioga PSJ, “Chelsi”, “Liverpul” va “Aston Villa” klublari qiziqish bildirgan. Uning o‘ziga ko‘proq parijliklar taklifi ma’qul kelmoqda.
Ma’lumot uchun, Asensio joriy mavsum La Liganing 30 ta o‘yinida maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Muhsinjon Umurzoqov
Live
Barchasi