Rasman! Mixaylo Mudrik “Tottenxem”ga o‘tdi
Sport
−
10:09 275 1 daqiqa
Ukrainalik futbolchi Mixaylo Mudrik “Chelsi”dan ijara asosida Angliyaning “Tottenxem” klubiga o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
London klubi xabariga ko‘ra, ijara shartnomasi joriy mavsum oxiriga qadar amal qiladi. Joriy yilning 31 iyul kuni Angliya Futbol assotsiatsiyasi (FA) Mudrikning diskvalifikatsiyasini bekor qildi. Tomonlar Butunjahon antidoping agentligi (WADA) roziligi bilan intizomiy ishni yakunladi.
Tergov davomida futbolchi doping qabul qilganini tan olgan va kelishuvga muvofiq, avval o‘talgan muddatga teng diskvalifikatsiya jazosini qabul qilgan.
2024 yil dekabr oyida “Chelsi” Mudrikning doping-testdan o‘ta olmaganini tasdiqlagan edi. Shundan so‘ng Angliya Futbol assotsiatsiyasi ukrainalik futbolchini musobaqalardan chetlatgan.
2026 yil aprel oyida FA Mudrikni to‘rt yilga diskvalifikatsiya qilgani va ish Sport arbitraj sudiga yuborilganini ma’lum qilgan edi.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli Mudrik 2024-2025 yilgi mavsumda turli musobaqalarda 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U “Chelsi” safida jami 73 ta o‘yinda ishtirok etib, 10 ta gol va 11 ta assist qayd etgan.
Live
Barchasi