Ramos faoliyatini Meksikada davom ettiradigan bo‘ldi 

Sport

image

Ispaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi Serxio Ramos faoliyatini Meksikaning “Monterrey” klubida davom ettiradi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, 38 yoshli futbolchi yangi klubida yiliga 4 million yevro maosh oladi. Ramos Meksika klubi bilan allaqachon shartnoma imzolagan, tez orada “Monterrey” afsonaviy himoyachini o‘z a’zosi sifatida tanishtiradi. 

Ramosning so‘nggi klubi futbolchi professional faoliyatini boshlagan “Sevilya” bo‘lgan. 38 yoshli futbolchi 2023 yilning yozida erkin agent sifatida o‘z jamoasiga qaytdi. Bungacha himoyachi “Real” va Fransiyaning PSJ klublarida ham to‘p surgan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda himoyachi “Sevilya” safida barcha turnirlar doirasida 37 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” Ramosning qiymatini 1,8 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Serxio Ramos Meksika Monterrey

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing