Raxim Sterlingning uyiga bosqinchilar hujum qildi

Sport

image

Angliyaning “Chelsi” jamoasi hujumchisi Raxim Sterlingning Berkshirdagi uyiga niqobli bosqinchilar kirishga urindi. Sterling va uning oilasi sog‘-omon qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda “Telegraph” nashri xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, hujum 2025 yil 8 noyabr kuni kechqurun, mahalliy vaqt bilan taxminan 18:30 atrofida sodir bo‘lgan. U paytda Sterling va farzandlari uyda bo‘lgan. Temza vodiysi politsiyasi tergov boshlanganini va atrofdagi shubhali harakatlarni kuzatishda yordam so‘raganini ma’lum qildi.

“Chelsi” klubi voqeadan xabardor bo‘lib, futbolchi va uning oilasiga yordam ko‘rsatmoqda. 30 yoshli Sterling turmush o‘rtog‘i Peyj Milian va farzandlari bilan ushbu uyda doimiy yashab kelgan.

Klub va xavfsizlik mutaxassislari u va boshqa futbolchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida uylarda 24 soatlik patrul va shaxsiy qo‘riqchilar bilan xizmat ko‘rsatishni davom ettirmoqda. Maxsus xavfsizlik choralari yillik 100 000 funt sterlingdan ortiq mablag‘ni talab qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Inter” va Italiya terma jamoasi himoyachisi Alessandro Bastonining uyida Chempionlar ligasi doirasidagi o‘yin vaqtida o‘g‘rilik sodir bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Raxim Sterling “Chelsi” niqobli bosqinchilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing