Putinning o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi bayonoti umidli, ammo to‘liq emas – Tramp

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Ukrainada mumkin bo‘lgan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi bayonoti “ko‘p narsani va’da qilishini”, ammo “to‘liq emas”ligini aytdi. Bu haqda u kecha, 13 mart kuni Vashingtonda NATO Bosh kotibi Mark Ryutte bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.

“Agar Putin Jiddadagi muzokaralardan so‘ng AQSH va Ukraina tomonidan bildirilgan taklifga rozi bo‘lmasa, bu umidsizlikka sabab bo‘ladi. Yakuniy kelishuvning ko‘plab tafsilotlari allaqachon muhokama qilingan. Endi Rossiya ishtirok etadimi, ko‘ramiz. Aks holda, bu butun dunyo uchun juda umidsiz dam bo‘ladi”, dedi Tramp 

U o‘t ochishni to‘xtatish taklifini Putin bilan shaxsan muhokama qilmoqchi ekanini aytdi. AQSH Prezidenti o‘zining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoffning Rossiyadagi muzokaralariga ham to‘xtalib, uning taraqqiyotidan mamnunligini bildirdi.

“Eshitishimizcha, ular yaxshi ketmoqda”, dedi Tramp.

Shu bilan birga, Prezident yakuniy natija olinmaguncha bu hech narsani anglatmasligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Ukrainada ma’lum shartlar asosida o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga rozi ekanligini ma’lum qilgandi. Uning aytishicha, ushbu to‘xtash uzoq muddatli tinchlikka olib keladigan va inqirozning asosiy sabablarini bartaraf etadigan bo‘lishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Vladimir Putin Donal'd Tramp Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing