Putin O‘zbekistonning ichki ishlariga burun suqib turadigan Zaxarovani mukofotladi

Olam

image

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Axborot va matbuot departamenti direktori, Rossiya diplomatik missiyasining rasmiy vakili Mariya Zaxarova IV darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning tegishli farmoni e’lon qilindi. 

“Rossiya Federatsiyasining tashqi siyosatini amalga oshirishga qo‘shgan hissasi va ko‘p yillik vijdonan diplomatik xizmati uchun Mariya Vladimirovna Zaxarova 4-darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlansin”, deyiladi farmonda. 

Mariya Zaxarova 1975 yilda tug‘ilgan. 1998 yilda Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti xalqaro axborot fakultetini xalqaro jurnalistika ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan. Ingliz va xitoy tillarini biladi. U Favqulodda va muxtor elchi diplomatik unvoniga ega. 

2015 yil avgust oyida u Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Axborot va matbuot departamenti direktori etib tayinlangan.

Ma’lumot uchun, Mariya Zaxarova Markaziy Osiyoda sobiq ittifoq davlatlarining ichki ishlariga xalqaro diplomatik qoidalarni unutgan holda aralashib turishi, mamlakati nomidan nomaqbul bayonotlar berib borishi bilan tanilgan. U oxirgi bor joriy yilning 23 sentyabr kuni Chilonzor tumanidagi 188-sonli umumta’lim maktabida 6-sinfida rus tili fani darsida o‘qituvchi R.O.ga o‘quvchi E.G. gap qaytarib, tortishib qolgani ortidan O‘zbekistonning ichki ishlariga aralashib, Toshkentdan tushuntirish berishni va o‘qituvchiga chora ko‘rishni so‘ragan edi. Buni jamoatchilik, faollar va deputatlar boshqa mamlakatning ishlariga aralashuv va vaziyatni siyosiylashtirishga urinish, deb baholagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mariya Zaxarova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing