Putin, Tramp va Zelenskiy uchrashadigan taxminiy hududlar aytildi

Olam

image

Bugun, 18 avgust kuni Oq uyda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va AQSH rahbari Donald Tramp o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuv ijobiy yakunlansa, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘ladigan 3 tomonlama uchrashuv joriy yilning 22 avgust kuni Yevropada bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp va Zelenskiy hamda Yevropa yetakchilari bilan Vashingtondagi bugungi uchrashuv yaxshi tugallansa, amerikalik diplomatlar yevropalik mavqedoshlaridan shu hafta oxirida Tramp, Zelenskiy va Putin o‘rtasidagi uch tomonlama uchrashuvga tayyor bo‘lishni so‘ragan.

AQSH va uning Yevropa Ittifoqidagi ittifoqchilari uchrashuv Yevropada o‘tkazilishiga kelishib olgan.

Dam olish kunlarida “ko‘ngillilar koalitsiyasi”ning videokonferensiyasida Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni uchrashuv joyi sifatida Rimni, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron esa Jenevani taklif qilgan.

Ma’lumki, Zelenskiy va Tramp Rimni, ya’ni Vatikanni afzal ko‘radi, Putin esa Jenevani.

Italiya va Shveysariya Tashqi ishlar vazirliklari muzokaralarga mezbonlik qilishga tayyor ekanini ta’kidlamoqda va Yevropa Ittifoqi diplomatlari boshqa joylar, jumladan Budapesht va Xelsinkini ham ko‘rib chiqmoqda.

Ammo qayd etish joizki, bu uchrashuvning o‘tkazilishi Zelenskiy va Trampning Vashingtondagi bugungi uchrashuvi qanday o‘tishiga bog‘liq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidentining maxsus elchisi Stiv Uitkoff Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQSH va Yevropaning Ukrainaga qarshi yangi bosqin sodir etilgan taqdirda uni birgalikda himoya qilishini nazarda tutuvchi xavfsizlik kafolatlarini “mustahkam” shaklda ta’minlashga rozilik berganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Putin Zelenskiy Oq uy ko'ngillilar koalitsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing