Putin amerikaliklar bilan muzokara o‘tkazgan Dmitriyevga yangi lavozim berdi
Olam
−
24 fevral 10398 1 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyevni xalqaro iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakil etib tayinladi. Putin shu haqdagi tegishli farmonni imzoladi.
Unga ko‘ra, Dmitriyev Rossiyaning xalqaro iqtisodiyot va sarmoya bo‘yicha maxsus vakili sifatida ishlaydi.
Dmitriyev 18 fevral kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan AQSH va Rossiya muzokaralarida ishtirok etdi.
Kreml tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Yuriy Ushakov va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokarada ishtirok etgan Dmitriyev AQSH vakillari bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi.
Ar-Riyoddagi Rossiya-AQSH muzokaralari
18 fevral kuni Saudiya Arabistonida Kirill Dmitriyevdan tashqari Rossiyadan Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Prezident yordamchisi Yuriy Ushakov ishtirok etdi. Dmitriyev muzokaralarni “ijobiy” deb atadi.
Uchrashuvda AQSH Davlat kotibi Marko Rubio, AQSH Prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uolts va Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff ishtirok etdi. Ukraina va Yevropa davlatlari muzokaralarda qatnashmadi.
Eslatib o‘tamiz, Dmitriyev Saudiya Arabistonida ikki tomonlama muzokaralar boshlanishidan oldin Amerika neft kompaniyalari Rossiyaga qaytishi mumkinligi, Kreml ham AQSH bilan Arktikadagi qo‘shma loyihalardan manfaatdor ekanini aytgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr