PSJ Fransiya Superkubogini qo‘lga kiritdi

Sport

image

Kecha, 8 yanvar kuni Quvaytda Fransiya Superkubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda “Pari Sen-Jermen” “Marsel” klubini penaltilar seriyasida mag‘lub etib, Fransiya Superkubogiga ega chiqdi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida dastlab Usmon Dembele hisobni ochuvchi golga mualliflik qildi va shu hisob bo‘lim yakuniga qadar saqlanib qoldi.

Ikkinchi bo‘limning 76-daqiqasida Meyson Grinvud goli hisobni tenglashtirdi. 87-daqiqada esa Vilyan Pacho tomonidan kiritilgan avtogol evaziga “Marsel” hisobda oldinga chiqib oldi. Biroq, uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Gonsalo Ramos goli o‘yindagi muvozanatni tikladi va g‘olib penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi. Futbol lotereyasida “Pari Sen-Jermen” 4:1 hisobida ustun kelib, Superkubokni qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, “Pari Sen-Jermen” Fransiya Superkubogini 14-marta (ketma-ket to‘rtinchi bor) qo‘lga kiritib, musobaqa tarixidagi eng muvaffaqiyatli klubga aylandi. Bu borada PSJning eng yaqin ta’qibchisi “Lion” bo‘lib, u sakkiz marta ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ Usmon Dembele Frantsiya Superkubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing