PSJ “Barselona” futbolchisi bilan shartnoma imzolashga yaqin – Romano

Sport

image

“Barselona” jamoasining 18 yoshli futbolchisi Pedro Fernandes klubni tark etmoqda. Futbolchi Fransiyaning PSJ klubi bilan kelishuvga erishishga juda yaqin. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Pedro Fernandes Kataloniya klubini tark etishga qaror qilgan va hozirda “Pari Sen-Jermen”ga o‘tishi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishishga juda yaqin. PSJ futbolchini tez orada tarkibiga qo‘shishni va 6 million yevrolik sotib olish bandini (tovon puli) faollashtirishni rejalashtirmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Parij klubi bu borada Angliya va Germaniyaning bir qator jamoalarini ortda qoldirgan. Shuningdek, bosh murabbiy Luis Enrike ushbu kelishuv jarayonida bevosita ishtirok etmoqda.

Ma’lumot uchun, Pedro Fernandes “Barselona” akademiyasida voyaga yetgan va 2025 yilda asosiy jamoaga jalb etilgan. U joriy mavsumda Kataloniya jamoasi safida 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma muallifiga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ “Barselona” Fabritsio Romano Pedro Fernandes

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing