Professional futbol ligasi 3 ta stadionga kubok olib boradi

Sport

image

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining joriy mavsumdagi g‘olibi 12 noyabr kuni aniq bo‘ladi. Xabaringiz bor uchta klub "Paxtakor", "Navbahor" va "Nasaf" Superliga g‘olibligi uchun imkoniyatga ega.

Chempion nomi aniq bo‘lmasa-da, so‘nggi turda da’vogar klublarning har biri o‘z muxlislari qarshisida chempionat bosh sovirinini ko‘tarishni istashini inobatga olgan, PFL uchta klubning bellashuviga ham kubok bilan borishini ma’lum qildi.

Chempionlik uchun da’vogar 2 ta klub Toshkentda to‘p surishi va nisbatan ko‘proq ochko Toshkentda o‘ynaydigan jamoada ekanidan kelib chiqib, oltin medallar poytaxtda qoldiriladi. Chempionlik Namangan klubiga nasib qilsa, sovrinlar alohida yetkazib beriladi. Oltinlarga Toshkentda to‘p suradigan ikki klubdan biri ega chiqsa, u holda kubokdan oltin jamoa a’zolariga medallar topshiriladi, deyiladi PFL xabarida.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda O‘zbekiston chempionatida Toshkentning "Paxtakor" klubi peshqadamlik qilmoqda. Toshkent klubidan Namanganning "Navbahor" jamoasi 1, Qarshining "Nasaf" klubi esa 2 ochko kam jamg‘argan.


Maqola muallifi

Teglar

PFL O'zbekiston chempionati

Baholaganlar

29

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing