Prezident yangi tashkil etilgan harbiy oliygohning rahbarlarini tayinladi
Jamiyat
−
30 iyul 14739 1 daqiqa
Avvalroq, Qurolli kuchlar akademiyasi isloh qilinib, uning negizida O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tashkil etilishi haqida xabar berilgandi. Ushbu universitetning institutlariga rahbarlar tayinlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmoyishlariga muvofiq, general-mayor Farhodjon Ortiqovich Shermatov O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;
Polkovnik Qahramonjon Obidjonovich Zoidov O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Quruqlikdagi qo‘shinlar instituti boshlig‘i lavozimiga;
Polkovnik Abdulla Adhamovich Hamroyev O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya instituti boshlig‘i lavozimiga;
Podpolkovnik Baxtiyor Nematovich Rahimov O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti boshlig‘i lavozimiga;
Tibbiy xizmat polkovnigi Ulug‘bek Abdugafurovich Rasulov O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot instituti boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.