Prezident Sardoba va Buxoro ofatlari haqida gapirdi

Jamiyat

image

Bugun, 29 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi bo‘lib o‘tmoqda. Murojaatnoma avvalida Prezident pandemiya haqida to‘xtalib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, koronavirus tufayli dunyoda 500 million ish o‘rni yo‘qotildi, har oy jahon iqtisodiyoti 400 milliard dollar zarar ko‘rmoqda. 

Shavkat Mirziyoyev Buxoro va Sardobada yuz bergan tabiiy va texnogen ofatlar haqida to‘xtaldi.

“Afsuski, bu ofat butun insoniyat qatori xalqimiz uchun ham kutilmagan tashvish va murakkab muammolarni keltirib chiqardi. Buxoro va Sardobada yuz bergan tabiiy va texnogen ofatlar ham el-yurtimizning irodasini sinovdan o‘tkazdi. Xalqimizning bukilmas irodasi, fidokorona mehnati va matonati, aholi va davlat organlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli mavjud qiyinchiliklarni mardona yengib o‘tmoqdamiz”, deydi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev shifokorlar, shuningdek, pandemiya paytida muhtojlarni qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shgan tadbirkorlar va fuqarolarga o‘z minnatdorligini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Murojaatnoma

Baholaganlar

73

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing