Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Prezident Parijdagi natijalar bilan xotirjamlikka berilmaslik kerakligini aytdi

Sport

image

Los-Anjeles-2028 Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston kuchli o‘ntalikka kirishi maqsad qilingan. Buning uchun mutasaddi rahbarlardan tortib, tuman hokimlarigacha barcha qattiq ishlashi kerak. Bu haqda bugun, 13 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Parijda erishilgan natijalar bilan xotirjamlikka berilmaslik kerakligi ko‘rsatib o‘tildi. Olimpiya o‘yinlaridagi tarix faqatgina yakkakurash sport turlari bilan yozilayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Oxirgi Olimpiadada faqat 5 ta sport turi – boks, dzyudo, taekvondo, og‘ir atletika va erkin kurash bo‘yicha medal qo‘lga kiritilgan.

Sport federatsiyalarining har biriga vazirlar va respublika tashkilotlari rahbarlari saylangan, lekin ayrimlarining faoliyati mavjud salohiyatga mos emasligi qayd etildi.

Viloyat, tuman, mahallaga borganda, sportchi va trenerlar bilan uchrashish, ularning muammosini hal qilish, xorijiy yoki xalqaro federatsiyalar rahbarlari bilan hamkorlik qilish, sportchi va murabbiylarni o‘quv mashg‘ulotlariga yuborish ishlari sustligi tanqid qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Parij Los-Anjeles

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing