Prezident lotin alifbosiga o‘tkazishni tezlashtirmoqchi

Olam

image

Bugun, 21 oktyabr kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev o‘zining Twitter’dagi sahifasida lotin yozuviga asoslangan qozoq alifbosining yakunlangan versiyasini tezroq tugatish haqida yozdi. Bu haqda Eadaily.com xabar bermoqda.

"Lotin yozuviga o‘tish to‘g‘risida tarixiy qaror ikki yil oldin qabul qilingan. Biroq, alifboda hali ham kamchiliklar mavjud. Tilshunoslar alifboni mukammal tuzishi kerak. Tegishli topshiriq Madaniyat va sport vaziri Aktota Raimqulovaga topshirildi. Oldinda juda ko‘p ish bor ”, deb yozdi Toqayev o‘z sahifasida.

Ma’lumot uchun, so‘nggi 100 yil ichida qozoq tili uch bor alifboni o‘zgartirdi. O‘tgan asrning boshlarida qozoqlar arab yozuvida, 1929 yilda lotin alifbosiga, 1940 yilda esa kirill alifbosiga  o‘tildi. 

2017 yilning 26 oktyabr kuni Qozog‘istonning o‘sha paytdagi Prezidenti Nursulton Nazarboyev qozoq tili alifbosini kirill yozuvidan lotin yozuviga o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 

Hukumatga 2025 yilgacha qozoq tili alifbosini lotin alifbosiga bosqichma-bosqich tarjima qilishni ta’minlash topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart Toqaev lotin yozuviga o'tishni

Baholaganlar

36

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing