Prezident go‘sht narxi oshgani haqida gapirib, import bo‘yicha reja tuzishni topshirdi
Jamiyat
−
21 iyul 7822 1 daqiqa
O‘zbekistonda joriy yilning aprel-iyun oylarida go‘sht narxi 6-8 foizga ko‘tarilgan. Bu haqda bugun, 21 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va yil yakunigacha qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida so‘z ochdi.
Qayd etilishicha, yig‘ilishda iqtisodiy barqarorlik uchun eng muhim masalalardan biri – inflyatsiya muhokama qilingan. Davlat rahbari bozorda tovar va xizmatlar taklifini ko‘paytirish orqali inflyatsiyani jilovlash vazifasi qo‘yilganini eslatgan.
Viloyat hokimlari yanvar-iyun oylarida inflyatsiyani 3 foizdan oshirmaslikni maqsad qilgan. Lekin Samarqand viloyatidan tashqari birorta hudud buni uddalay olmagan.
Aprel-iyun oylarida go‘sht narxi 6-8 foizga ko‘tarilgani qayd etilgan. Shu bois, import go‘shtni samolyotda tashish xarajatlarini qoplash uchun 300 milliard so‘m ajratilgan. Poytaxt va Toshkent viloyatidan tadbirkorlar samolyotda 1 ming 300 tonna go‘sht olib kelgani aytildi. Lekin boshqa hududlar bu borada yetarli tashabbus ko‘rsatmagan.
Davlat rahbari hokimlar va mas’ullar go‘sht balansini viloyatlar kesimida qayta ko‘rib chiqib, qachon va qaysi davlatdan qancha go‘sht olib kelish bo‘yicha aniq reja tuzishi shartligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda go‘shtni samolyotda olib kelish bo‘yicha imtiyoz yil yakunigacha uzaytirilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust