Prezident Buxorodagi aholi xonadonida mehmon bo‘ldi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 10 avgust kuni amaliy tashrif bilan Buxoro viloyatiga borgani haqida xabar berilgan edi. Mirziyoyev Romitan tumanidagi “Qahramon” mahallasida bo‘lib, aholi turmushi bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, Prezident “Qahramon” mahallasida yashovchi Halil Qobilov va Gulbahor To‘xtayevalar xonadonida mehmon bo‘lgan. Manzilda qo‘ni-qo‘shnilar, oqsoqollar yig‘ilgan hamda o‘zaro samimiy suhbat qurilgan. Bunda mahalla raisi hududdagi o‘zgarishlar, odamlar hayoti haqida so‘zlab bergan. 

Xabarda keltirilishicha, mahallada o‘ndan ortiq savdo do‘koni, tikuvchilik ustaxonalari, mehmonxona va restoranlar bor. Ularda mahalliy yoshlar ishlab, daromad topmoqda. Umuman aytganda, mahallada ishsiz odam yo‘q, o‘tgan davrda bironta jinoyat sodir etilmagan. 

““Obod mahalla” dasturi asosida infratuzilma yaxshilangan. Xususan, ichki yo‘llar asfaltlanib, pidyodalar yo‘laklari qurilgan. Transformator o‘rnatilib, elektr tarmoqlari yangilangan.

Odamlarga nima kuch beradi? Islohotlar natijasini o‘z hayotida ko‘rish. Bugun odamlarimiz shunday ruh bilan ertangi kunga intilyapti. Harakat qilgan oilaning biri ikki bo‘lyapti. Xalqimiz bizga katta ishonch bildirdi. Yanada o‘zgarishlarni, yangi tashabbuslarni kutyapti. Bu juda yuksak mas’uliyat”,  deydi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, uchrashuvda nuroniylar yoshlar tarbiyasi, tuman rivoji bo‘yicha o‘z takliflarini bildirgan. 

Ma’lumot uchun, “Qahramon” mahallasida 3 ming 900 nafarga yaqin aholi yashaydi. Mahallaning drayveri hunarmandlik va issiqxona xo‘jaligi deyish mumkin. 200 gektar maydondagi issiqxonalarda bozorbop sabzavotlar yetishtirib sotiladi. Hududda mebelsozlik, tikuvchilik, zardo‘zlik yaxshi rivojlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Buxoro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing