Prezident bilan uchrashuvda qo‘shiq aytgan o‘quvchiga mashina berildi

Jamiyat

image

24 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Ko‘ksaroy” qarorgohida yoshlar bilan uchrashuvi chog‘ida jonli ijroda qo‘shiq kuylagan 4-sinf o‘quvchisiga mashina sovg‘a qilgandi. Ushbu mashina kalitlari Otamurod Rayimboyevga topshirildi. Bu haqda Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv davomida Xorazmning Urganch tumani 11-son bolalar musiqa va san’at maktabi 4-sinf o‘quvchisi Otamurod Rayimboyev jonli ijroda Komiljon Otaniyozov repertuaridan qo‘shiq kuylab, o‘z mahorati bilan yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirgan. Prezident esa mas’ullarga mashina sovg‘a qilish haqida topshiriq bergan.

Avtomobilni viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov Otamurod Rayimboyevga oila a’zolari, ustozlari ishtirokida tantanali ravishda topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, yoshlar bilan uchrashuv davomida xalqaro kimyo olimpiadasida g‘olib bo‘lgan maktab o‘quvchisi Daler Rahimov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaroriga asosan 1 milliard 40 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm Urganch Otamurod Rayimboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing