Prezident Administratsiyasining Cadillac avtomobili sotuvga qo‘yildi
Jamiyat
−
16 mart
32999Davlat tashkilotlari rahbarlarining xorijda ishlab chiqarilgan xizmat avtomobillari e-auksion orqali sotuvga chiqarila boshladi. Portalda shu bo‘yicha tegishli e’lonlar joylashtirildi.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi balansidagi Toyota Land Cruiser avtomobili qariyb 471 mln so‘m boshlang‘ich narx bilan savdoga qo‘yilgan.
E-auksion orqali savdoga chiqarilgan mashinalar orasida Prezident Administratsiyasi transport qismi balansida bo‘lgan Cadillac ham bor. Ushbu avtomobilning boshlang‘ich narxi 246 mln so‘m.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev amaldorlar xizmat transportida yurishni keskin qisqartirib, milliy avtomobil va milliy mebelga o‘tishi zarurligini aytgan edi. Shundan so‘ng mansabdorlar xorijda ishlab chiqarilgan xizmat avtomobillarini milliy brend bilan almashtirishni boshladi. Xususan, O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov xizmat avtomobilini Mercedes-Benz’dan Malibu’ga o‘zgartirdi. Davlat tashkilotlariga tegishli xorijda chiqarilgan avtomobillar bosqichma-bosqich “E-autsion” elektron savdo platformasi orqali sotuvga chiqarila boshladi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

