Prezident Administratsiyasidagi ayrim mansabdorlar lavozimi o‘zgarmadi
Jamiyat
−
14 iyul 16802 2 daqiqa
Prezident Administratsiyasining 6 nafar rahbar xodimining lavozimi o‘zgarishsiz qoldirildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Ular:

Shuhrat Madaminovich G‘aniyev – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining agrar rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi. U 2012-2020 yillarda Farg‘ona viloyati hokimi, 2020 yil 25 sentyabrdan bosh vazir o‘rinbosari, Agrar va oziq-ovqat masalalari kompleksi rahbari bo‘lgan. 2023 yil yanvarda esa u iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari bo‘lgandi.

Tursinxon Aydarovich Xudayberganov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi. U uzoq yillar mobaynida tuman va viloyat IIB tizimida rahbar sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2010-2016 yillarda favqulodda vaziyatlar vaziri, 2018-2022 yillarda favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi bo‘lgan.

Viktor Vladimirovich Mahmudov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi. U 2013 yil 21 sentyabrda Birinchi Prezident Islom Karimov farmoni bilan ushbu lavozimga tayinlangan edi.

Alisherbek Azizovich Paygamov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti rahbari.

Ulug‘bek Uchqunovich Qurbonov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Protokoli rahbari.

Xayriddin Madriddinovich Sultonov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi – Spichrayteri.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ruslanbek Quroltoyevich Davletov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr