Polshaliklar Olimpiadadan keyin pulsiz qoldi

Sport

image
Soqqali Olimpiada: medalli sportchilar vatanida qanday mukofotlanadi? north_east

Soqqali Olimpiada: medalli sportchilar vatanida qanday mukofotlanadi?

Italiyada bo‘lib o‘tgan XXV qishki Olimpiya o‘yinlarida medal qo‘lga kiritgan polshalik sportchilar homiylar musobaqani tark etgani sabab mukofot pullaridan mahrum bo‘ldi. Bu haqda RMF24 xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Polsha Olimpiya qo‘mitasi (PKOl) hamda “Polsat Plus” media-xoldingi o‘rtasidagi homiylik shartnomasi bekor qilingan. Qiymati 1,4 million dollarga baholangan mazkur kelishuv tugatilgani sabab olimpiyachilarga mo‘ljallangan to‘lovlar amalga oshirilmaydi.

XXV qishki Olimpiya o‘yinlari joriy yilning 6-22 fevral kunlari Italiyada bo‘lib o‘tdi. Medallar jamg‘arish bo‘yicha Norvegiya birinchi o‘rinni egalladi, undan keyingi pog‘onalardan AQSH va Niderlandiya joy oldi.

Olimpiadaning yopilish marosimi joriy yilning 22 fevral kuni “Arena di Verona”da bo‘lib o‘tdi. Yopilish marosimi davomida Olimpiya estafetasi 2030 yilgi musobaqalarga mezbonlik qiladigan Fransiya Alp tog‘lariga topshirildi.

Ma’lumot uchun, Polsha delegatsiyasi 2026 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarida jami 4 ta medal qo‘lga kiritdi. Ularning uchtasi kumush va 1 tasi bronza medallar bo‘lib, oltin medal yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiya o'yinlari medal' mukofot pullari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing