Pokistondagi dahshatli temir yo‘l halokatida o‘zbekistonliklar jabrlandimi?
Jamiyat
−
07 avgust 2023
4822Kecha, 6 avgust kuni Pokistonning Sind viloyatidagi Navabshoh shahrida, poyezd vagonining relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi, yana 50 kishi jarohatlangan. Ularning orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Bu haqda “Dunyo” Axborot agentligi xabar berdi.
Keltirilishicha, Pokistonning Sind viloyatida, Karachidan 275 kilometr uzoqlikdagi Navabshoh shahri yaqinida 10 ta vagon relsdan chiqib ketgan. Tumandagi tibbiyot muassasalarida favqulodda holat e’lon qilingan bo‘lib, ushbu yo‘nalishda poyezdlar harakati to‘xtatilgan. Hozirda voqea joyida qutqaruv guruhlari va harbiylar ishlamoqda.
O‘zbekiston elchixonasi xabariga ko‘ra, Pokistondagi temir yo‘l halokati oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonda yo‘lovchi poyezdi boshqa poyezdning relsdan chiqib ketgan vagonlarini urib yuborgandi. Oqibatda ko‘plab odamlar halok bo‘lib, 300 kishi jarohatlangan.
LiveBarchasi