Pokistonda yomg‘ir oqibatida qurbon bo‘lganlar  279 nafarga yetdi

Olam

image

So‘nggi bir oy davomida Pokistonda davom etayotgan musson yog‘ingarchiliklari oqibatida kamida 279 kishi halok bo‘ldi, yana taxminan 700 kishi jarohat oldi. Bu haqda Geo TV xabar berdi.

Pokistonning Milliy favqulodda vaziyatlarga qarshi kurash boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida mamlakatning ayrim hududlariga yoqqan kuchli yomg‘irlar sababli yana 8 kishi halok bo‘lgan. Shu tariqa, favqulodda hodisalar qurbonlarining umumiy soni 279 nafarga yetgan.

Tabiiy ofat eng ko‘p talafot yetkazgan hudud shimoli-sharqiy Panjob viloyati bo‘lib, u yerda 151 kishining halok bo‘lgani tasdiqlangan. Yomg‘irlar nafaqat odamlar hayotiga, balki mol-mulkka ham katta zarar yetkazgan. 1500 dan ortiq uylar jiddiy shikastlangan.

Qutqaruv va vayrongarchiliklarni bartaraf etish ishlari davom etmoqda. Biroq sinoptiklar yaqin kunlarda yog‘ingarchiliklar kuchayishini taxmin qilgani bois favqulodda xizmatlar aholini ehtiyot choralarini ko‘rishga qat’iy chaqirmoqda.

Musson yomg‘irlari Janubiy Osiyo iqlimi uchun odatiy hisoblanadi, ammo so‘nggi yillarda ularning salbiy ta’siri yanada kuchaymoqda. Bunga shaharlarning tez kengayishi, zaif drenaj tizimlari va iqlim o‘zgarishi sabab bo‘lgan ekstremal ob-havo hodisalari sonining ko‘payishi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokiston bo‘ylab musson yomg‘irlari keltirib chiqargan suv toshqinlari oqibatida 72 kishi halok bo‘lgani va 130 dan ortiq kishi tan jarohati olgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston toshqin musson yomg'iri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing