Pokistonda bedarak yo‘qolgan samolyotning qoldiqlari topildi
Olam
−
09 iyul 4789 2 daqiqa
Avvalroq, Pokistonning Ormara shahri yaqinida K2 Airways Cargo aviakompaniyasiga tegishli yuk samolyoti bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgandi. Qidiruv-qutqaruv guruhlari havo kemasi qoldiqlarini Ormara sohilidan qariyb 98 kilometr janubda topdi. Bu haqda “Flightradar” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot halokatdan avval balandligini yo‘qotgan, shundan so‘ng qisqa muddat yana ko‘tarilgan. Oradan ko‘p o‘tmay esa havo kemasi keskin pastlay boshlagan. Qayd etilishicha, Samolyot dengiz sathidan atigi 335 metr balandlikda bo‘lgan va daqiqasiga 22 400 fut tezlikda pastlayotgan paytda radarlar bilan aloqani uzgan.
Shuningdek, “Flightradar24” parvozning dastlabki bosqichida Sharja atrofida sun’iy yo‘ldosh navigatsiyasi signallariga xalaqit berilgani sabab samolyot ma’lumotlari vaqtincha boshqa kuzatuv tizimi orqali qabul qilinganini ma’lum qilgan. Havo kemasi ushbu hududni tark etgach, AD-B signallari yana tiklangan.
Halokatga uchragan AP-BOI bort raqamli Boeing 737-400 yuk samolyoti dastlab 1999 yilda yo‘lovchi samolyoti sifatida foydalanishga topshirilgan. U avval Rossiyaning “Aeroflot”, keyinchalik Indoneziyaning Garuda Indonesia aviakompaniyalari parkida xizmat qilgan. 2012 yilda yuk tashishga moslashtirilgan samolyot TNT Airways va ASL Airlines tarkibida ham parvoz qilgan. 2024 yildan buyon esa K2 Airways Cargo foydalanib kelayotgan edi. Halokat sabablari hozircha rasman ochiqlanmagan. Pokiston rasmiylari hodisa yuzasidan tergov boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 iyul kuni kechqurun Pokistonning Karachi shahri yaqinida Birlashgan Arab Amirliklaridan uchib kelayotgan yuk samolyoti radar va aloqadan uzilib, bedarak yo‘qolgandi. Hodisa yuzasidan Arab dengizida keng ko‘lamli qidiruv-qutqaruv ishlari boshlanhani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi