Pokistonda avtobus jarlikka qulashi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 3 may kuni ertalab Pokistonning uzoq shimolida avtobus jarlikka qulashi oqibatida 20 nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi. Bu haqda "Asharq Al-Awsat" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, yana 21 nafar odam qutqarilib, shifoxonaga yotqizilgan. Avtobus Pokiston sharqida joylashgan Panjob viloyatidagi tog‘li hududda harakatlanayotgan bo‘lgan. 

"Hukumat zudlik bilan barcha jarohatlanganlarni evakuatsiya qilish uchun qutqaruv operatsiyasini boshladi. Ayni paytda ular shifoxonaga yotqizilgan", degan mahalliy hokimiyat vakili Fayzullo Firoq.

Nashrning yozishicha, Pokistondagi mavjud yo‘l qoidalariga kam rioya qilinadigan hamda ko‘chalari yomon ahvolda bo‘lgan qishloq joylarida shunga o‘xshash halokatli hodisalar tez-tez uchrab turadi. Bundan tashqari, mamlakat dunyodagi eng baland tog‘ tizmalariga ega. U yerda jamoat transportlari tobora balandlab boradigan qoyalar bo‘ylab tor yo‘llarda ham harakatlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

avtobus Pokiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing