Pokistonda harbiy vertolyot qulab tushdi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
10 iyun 3364 1 daqiqa
Bugun, 10 iyun kuni Pokiston armiyasining Mi-17 harbiy vertolyoti Muzaffarobod yaqinida havoga ko‘tarilayotgan vaqtda halokatga uchradi. Bortdagilarning barchasi halok bo‘ldi. Bu haqda PTV telekanali xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halokatga texnik nosozlik sabab bo‘lgan. Qulash oqibatida omon qolganlar yo‘q. Qutqaruv va qidiruv guruhlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Hozirgi vaqtda harbiylar halokatning aniq tafsilotlarini o‘rganmoqda.
Aviahalokat sabablarini tekshirish uchun maxsus komissiya tuzilgan. U vertolyotning qulashiga aynan nima sabab bo‘lganini aniqlaydi. Pokiston armiyasi va mudofaa kuchlari bosh qo‘mondoni feldmarshal Osim Munir, shuningdek, harbiy xizmatchilar halok bo‘lganlarning oila a’zolariga ta’ziya bildirgan.
Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif ham sodir bo‘lgan voqeadan chuqur qayg‘uda ekanini ma’lum qilgan. U halok bo‘lganlar xotirasini yod etib, mamlakat ularning xizmati va fidoiyligini yuksak qadrlashini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya Qirollik harbiy-dengiz kuchlariga qarashli vertolyot Angliyaning janubi-g‘arbidagi Devon grafligida halokatga uchragandi.
Live
Barchasi