Pokiston “Tolibon”ga tahdid qildi
Olam
−
30 Oktabr 6293 2 daqiqa
Pokiston rasmiylari Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatini yo‘q qilish bilan tahdid qildi. Bu haqda “Afganistan International” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 29 oktyabr kuni Pokiston Axborot va radioeshittirish vaziri Attaulloh Tarar Turkiyada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda vositachilik qilgani uchun Qatar va Turkiyaga minnatdorlik bildirib, “Tolibon” bilan muzokaralari muvafaqqiyatsiz yakunlanganini aytgan.
Shundan so‘ng, Pokiston Mudofaa vaziri Xovaja Asif “Tolibon”ni butunlay yo‘q qilish bilan tahdid qilib, uning To‘ra Bora g‘orlariga qochishining takrorlanishi mintaqa aholisi uchun ajoyib sahna bo‘lishini ta’kidlagan.
Attaulloh Tararning aytishicha, Pokiston “Tolibon” ma’muriyatini Doha kelishuvi doirasida Pokiston va xalqaro hamjamiyat oldidagi majburiyatlarni bajarishga undagan, ammo hamkorlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlar muvaffaqiyatsizlikka uchragan. U “Tolibon”ni Pokistonga qarshi jangari guruhlarga yordam va boshpana berishda, shuningdek, “Tolibon” delegatsiyasini asosiy masalalar bo‘yicha muhokamalardan qochishda ayblagan.
“Biz xalqimizni terrorizm tahdididan himoya qilish uchun barcha choralarni ko‘rishda davom etamiz. Terrorchilarni va ularga yordam beruvchilarni yo‘q qilish uchun barcha mavjud resurslardan foydalanamiz” deya qo‘shimcha qilgan Tarar.
Shuningdek, u Pokistonning sabri tugab bo‘lganidan ogohlantirib, “Tolibon”ni “Afg‘onistonni halokatli mojaroga tortayotganlikda” ayblagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston bilan chegarada sodir bo‘lgan to‘qnashuvlarda 5 nafar pokistonlik askar va 25 nafar jangari halok bo‘lgan edi.
Bunyod Keldiboyev
Live
Barchasi