Parij va London Trampga Ukrainadagi tinchlikparvarlar rejasini tayyorlamoqda

Olam

image
“Zaiflik urushga olib keladi”. Britaniya Ukrainaga qo‘shin jo‘natishga tayyorligini e’lon qildi north_east

“Zaiflik urushga olib keladi”. Britaniya Ukrainaga qo‘shin jo‘natishga tayyorligini e’lon qildi

Yevropa Ukrainadagi xavfsizlikni o‘z zimmasiga olishga tayyor – Makron north_east

Yevropa Ukrainadagi xavfsizlikni o‘z zimmasiga olishga tayyor – Makron

Buyuk Britaniya va Fransiya, agar Moskva va Kiyev tinchlik kelishuviga erisha olsa, Ukrainaga 30 minggacha yevropalik tinchlikparvar kuchlarini joylashtirish rejasini tayyorlamoqda. Bu haqda bugun, 23 fevral kuni Yevropa Ittifoqining nomi oshkor etilmagan rasmiylariga tayanib, “The Wall Street Journal” (WSJ) xabar berdi.

“Bu rejaning amalga oshirilishi ittifoqchilar AQSH Prezidenti Donald Trampni o‘z mamlakatining ushbu missiyada “cheklangan” ishtirokini ta’minlashga ishontira olishiga bog‘liq”, deb yozadi WSJ.

Britaniya rasmiylarining fikricha, agar Moskva tinchlik shartnomasi shartlarini buzadigan bo‘lsa, Ukrainadagi Yevropa qo‘shinlariga Rossiyadan xavf tug‘dirsa, ularni himoya qilish uchun Amerika ishtiroki “xavf devori” vazifasini bajaradi.

Shu bilan birga, Tramp amalda rad etgan AQSH qo‘shinlarini Ukrainaga joylashtirish haqida gap ketmaydi. Aksincha, Yevropa kuchlarida yetishmayotgan “AQSH harbiy salohiyati”dan foydalanish nazarda tutilgan.

“Masalan, AQSH harbiy xizmatchilari Ukraina bilan chegaradosh davlatlarda joylashtirilgan va uni himoya bilan ta’minlovchi havo hujumidan mudofaa tizimlarini boshqarishi va Yevropa Ittifoqiga boshqa shunga o‘xshash havo mudofaa tizimlarini taqdim etishi mumkin”, deydi yevropalik rasmiy.

WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer 27 fevral kuni Vashingtonda Oq uy rahbari bilan uchrashuvda Trampga tegishli reja loyihasini ko‘rsatmoqchi. Nashr manbasi tushuntirganidek, aynan Britaniya hukumati bu reja ortida turgan “asosiy harakatlantiruvchi kuch”. Biroq, WSJ manbasining fikricha, Britaniya Bosh vaziri keyingi uchrashuvda Trampga amerikaliklarni qo‘llab-quvvatlash uchun aniq so‘rov bilan chiqishi dargumon.

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron AQSH Prezidenti bilan ertaga, 24 fevral kuni – Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli harbiy bostirib kirishi boshlanganining uch yilligi munosabati bilan Oq uyda uchrashmoqchi. Qayd etilishicha, u uzoq vaqtdan beri Yevropani mudofaa sohasida katta rol o‘ynashga chaqirib keladi va Buyuk Britaniyaning rejasi bilan qiziqadi, biroq boshqa ittifoqchilardan ham g‘oyalarni so‘ramoqda.

Eslatib o‘tamiz, 20 fevral kuni Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya hokimiyati Yevropaning Ukrainada o‘z qo‘shinlarini joylashtirish rejalari haqidagi barcha xabarlarni diqqat bilan kuzatib borayotgani va ular xavotir uyg‘otayotganini aytgandi. Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, Yevropa yaqin kunlarda bir-biriga zid bo‘lgan bayonotlar taqdim etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Frantsiya Buyuk Britaniya Donal'd Tramp Evropa Ittifoqi Rossiya-Ukraina Ukraina Emmanuel' Makron Kir Starmer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing