Parij-2024: O‘zbekistonlik ikki kurashchi chorak finalga chiqdi
Sport
−
08 avgust 2024 4333 1 daqiqa
Olimpiada o‘yinlarining navbatdagi kunida o‘zbekistonlik ikki nafar yunon-rum kurashchisi o‘z ishtirokini boshladi.
Javrail Shapiyev o‘zbekistonlik erkin kurashchilarning g‘alabali yurishini boshlab berdi. -86 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Shapiyev ilk bosqichda gruziyalik Vladimeri Gamkrelidzedan ustun kelib, ikkinchi davraga yo‘l oldi. Endi u chorak finalda bolgariyalik Magomed Ramazanov bilan bellashadi.
Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi G‘ulomjon Abdullayev ham Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi. Ilk bosqichda ozarbayjonlik Aliabbas Rzazade bilan bellashgan Abdullayev irodali g‘alaba bilan chorak final yo‘llanmasini naqd qildi. Endi u meksikalik Roman Bravo-Yung va armanistonlik Arsen Xarutyunyan o‘rtasidagi bahs g‘olibiga qarshi gilamga chiqadi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr